Frank «PSG» bilan o‘yindan keyin: «Bu o‘yinda yaxshi tomonlar ham ko‘p bo‘ldi»
"Taqachilar" ustozi jamoasining mag‘lubiyatiga izoh berdi.
ФОТО: Getty images
"Tottenhem" bosh murabbiyi Tomas Frank YECHL doirasida "PSJ"dan uchralgan mag'lubiyat (3:5) haqida fikr bildirdi.
"Men o‘yindan juda mamnunman. Bugun jamoaning o‘ziga xosligi, jasorati va harakatchanligi haqiqatan ham o‘zini namoyon qildi.
O‘yinda yaxshi tomonlar ko‘p bo‘ldi. Ikki hujumchi o‘zaro uchta gol urishdi va butun jamoa juda yaxshi o‘ynadi.
Biz ijobiy natija uchun o‘ynadik va o‘yinimiz bilan bunga loyiq edik, biroq biz bir nechta keraksiz gollarni o‘tkazib yubordik", — deya Frank so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist