France Football yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga da’vogarlarni e’lon qildi
Photo: Getty Images
Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovriniga da’vogarlar aniqlandi.
France Football nashri "Copa Trophy" uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Mukofot 21 yoshga to‘lmagan eng yaxshi yosh futbolchiga topshiriladi.
Sovrin uchun Pau Kubarsi ("Barselona"), Ayub Buaddi ("Lill"), Dezire Due ("PSJ"), Estevao ("Chelsi" / "Palmeyras"), Din Xeysen ("Real" / "Bornmut"), Maylz Lyuis-Skelli ("Arsenal"), Rodrigo Mora ("Portu"), Joau Nevesh ("PSJ"), Lamin Yamal ("Barselona") va Kenan Yildiz ("Yuventus") da’vogarlik qilmoqda.
G‘olib nomi 22-sentabr kuni "Oltin to‘p"ni topshirish marosimida e’lon qilinadi.
Mukofotning amaldagi egasi Lamin Yamal hisoblanadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor