France Football «Oltin to'p»ga da'vogar 30 nafar futbolchini e'lon qildi
"France Football" nashri "Oltin to'p"ga da'vogarlar ro'yxatini taqdim etdi.
Short-listga o'tgan mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatgan 30 nafar futbolchi kiritilgan. 2024 yilda sovrinni qo'lga kiritgan Rodri bu ro'yxatga kira olmadi.
Qayd etish kerakki, nomzodlar orasida o'tgan mavsumda Chempionlar ligasida g'olib chiqqan PSJning 6 nafar futbolchisi bor: Usmon Dembele, Vitinya, Janluiji Donnarumma, Joau Nevesh, Nunu Mendesh va Fabian Ruiz.
2025 yilgi "Oltin to'p" uchun nomzodlar: Usmon Dembele, Janluiji Donnarumma, Jud Bellingem, Dezire Due, Denzel Dyumfris, Seru Girassi, Erling Holand, Viktor Gyokeresh, Ashraf Hakimi, Harri Keyn, Xvicha Kvaratsxeliya, Robert Levandovski, Aleksis Mak Allister, Lautaro Martines, Skott Maktominay, Kilian Mbappe, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Pedri, Koul Palmer, Maykl Olise, Rafinya, Deklan Rays, Fabian Ruiz.