FourFourTwo nashri dunyoning eng kuchli 10 nafar hujumchisini aniqladi


Britaniyaning FourFourTwo 2025 yil holatiga ko‘ra, dunyoning eng kuchli hujumchilari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 1-o‘rinni “Real” va Frantsiya terma jamoasi a’zosi Kilian Mbappe egalladi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 56 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol muallifiga aylandi.
Ikkinchi pog‘onadan “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka “PSJ” futbolchisi Usmon Dembele yakun yasadi.
FourFourTwo reytingiga ko‘ra, 2025 yilning eng kuchli 10 nafar hujumchisi:
Kilian Mbappe – “Real Madrid”
Harri Keyn – “Bavariya”
Usmon Dembele – “Pari Sen-Jermen”
Aleksandr Isak – “Nyukasl”
Erling Holand – “Manchester Siti”
Robert Levandovski – “Barselona”
Lautaro Martines – “Inter”
Viktor Dyoekyeresh – “Sporting”
Omar Marmush – “Manchester Siti”
Xulian Alvares – “Atletiko Madrid”

Futbol
Kecha da 17:22

Futbol
Kecha da 15:36

Futbol
Kecha da 14:12