Fofanaga APLning uch klubi qiziqish bildirmoqda
Futbolchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
«Milan» yarimhimoyachisi Yussuf Fofana Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchiga APLning uch klubi — «Nottinghem Forest», «Kristal Pelas» va «Aston Villa» qiziqish bildirmoqda. Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Milan» joriy yozda 27 yoshli yarimhimoyachini 13 million yevroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Fofana o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbolchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist