locale OZ

Florian Wirtz qachon \"Liverpul\" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florian Wirtz qachon "Liverpul" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Photo: Getty Images

"Bayer" yarim himoyachisi Florian Wirtz shu hafta oxirida Angliyaga yetib keladi. Bu haqda jurnalist David Ornstein xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Wirtzni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish juma kuniga rejalashtirilgan, shundan so‘ng bitim yopilishi kerak.

Futbolchining transferi uchun "Liverpul" 117 mln yevro va 19 mln bonus to‘laydi. Wirtz besh yillik shartnoma imzolaydi.

O‘tgan mavsum 22 yoshli havbek barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt ekspertlari germaniyalikning narxini 140 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting