locale OZ

Florentino Peres g‘alaba qozonsa, Joze Mourinyu «Real»ga qaytishi mumkin

Shuningdek, «Benfika»ga portugaliyalik mutaxassis uchun tovon puli ham toʻlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florentino Peres g‘alaba qozonsa, Joze Mourinyu «Real»ga qaytishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Benfika» Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Lissabon jamoasini rasman ogohlantirgani haqida e’lon qildi. Unga ko‘ra, agar Peres prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, «qirollik klubi» portugaliyalik bosh murabbiy Joze Mourinyu bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilish uchun «Benfika»ga 15 million yevro tovon puli to‘lab beradi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

«Qirollik klubi»da prezidentlik saylovlari 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Joze Mourinyu 2025 yilning sentyabr oyidan buyon «Benfika»ni boshqarib kelmoqda. Portugaliyalik mutaxassisning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Ma’lumot uchun, Mourinyu muqaddam 2010 yildan 2013 yilga qadar ham «Real» jamoasini boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting