Flik: «Levante»ga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdik»
Фото: Getty Images
“Barselona” bosh murabbiyi Hansi Flik “Levante”ga qarshi (3:2) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bugungi o‘yinimiz ideal bo‘lmadi. “Levante” yaxshi o‘ynaganini ham tan olish kerak. Umuman olganda qiyin o‘yin o‘tkazdik, raqib chuqur himoyalandi. Natijada ishimiz biroz qiyinlashdi.
Hujumlarni tashkil etishda sustlashmadik va oldinga qarab harakat qildik. Bunday o‘yinlar o‘sishimizga yordam beradi.
Rashfordda biz kutganimiz kabi yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi taymda o‘zgarishlar kerak edi, shuning uchun Rafinya maydonga tushdi. Bizga aynan shunday o‘zgarishlar zarur edi”, – dedi «Barselona» bosh murabbiyi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist