locale OZ

Flik La Ligada mart oyining eng yaxshi murabbiyi

"Ko'k-anorranglilar" "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik La Ligada mart oyining eng yaxshi murabbiyi
ФОТО: Getty images

"Barselona" ustozı Hans-Diter Flik La Ligada oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Kataloniya klubi mart oyida Ispaniya yuqori divizionida 3 ta o'yinda ham g'alaba qozondi. Xususan, "Atletik" (1:0), "Sevilya" (5:2) va "Rayo Valekano"dan (1:0) ustun keldi.

"Ko'k-anorranglilar" "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 61 yoshli nemis mutaxassis ovozlar soniga ko'ra Diego Simeone ("Atletiko", 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat) hamda Luis Kashtrudan ("Levante", 2 durang va 1 g'alaba) ustun keldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting