locale OZ

Flik: «Jamoaning bir butun boʻlib harakat qilgani menga yoqdi»

«Barselona» bosh murabbiyi «Atletik» ustidan qozonilgan gʻalaba haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik: «Jamoaning bir butun boʻlib harakat qilgani menga yoqdi»
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya Superkubogi yarimfinalida «Atletik» jamoasiga qarshi kechgan va 5:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi.

«Men uchun asosiy ustuvorlik — keyingi o‘yin. Shu bilan birga, bugun jamoa qilgan ishni qadrlayman, chunki «Espanyol»ga qarshi uchrashuvda biz yaxshi ko‘rinmagandik. Jamoaning bir butun bo‘lib harakat qilgani menga yoqdi. 5:0 hisobidagi g‘alaba — yaxshi natija, ammo bu atigi bitta o‘yin, finalda hammasi boshqacha bo‘ladi. Bugun biz o‘yinni nazorat qila oldik. Kerakli tempni topish uchun bir necha daqiqa vaqt ketdi. Shundan so‘ng yaxshi o‘ynadik. O‘yin davomida nazoratni saqlab qolganimizdan mamnunman: to‘pga egalik qildik va uchrashuv oxirigacha ishonchli himoyalandik, darvozamizni daxlsiz saqlab qoldik», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi. Hal qiluvchi bahs yakshanba kuni, 11 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Kataloniyaliklarning raqibi Madrid derbisida — «Atletiko» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuvda g‘alaba qozongan jamoa bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting