Flik jamoa o‘yinini tanqid qildi
Фото: Getty Images
“Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flik La Liganing 1-turidan o‘rin olgan “Malorka”ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Menga o‘yin umuman yoqmadi. Garchi 2:0 hisobida oldinda borayotganimizga qaramay, jamoa 50 foiz kuch bilan harakat qildi. Aslida ular bundan ham ko‘proq narsani amalga oshirishlari mumkin edi.
To‘pni nazorat qilish, o‘yinni ham o‘z tomonidan saqlashi mumkin edi. Yaratilgan vaziyatlarni yakunlash muhim edi. 9 o‘yinga qarshi 50 yoki 60 foiz kuch bilan harakat qilishni oqlab bo‘lmaydi”, — dedi Flik.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist