locale OZ

Flik: «Biz yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik: «Biz yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi»
Фото: Getty Images

“Barselona” bosh murabbiyi Hansi Flik La Liga 3-turidan o‘rin olgan “Rayo Valyekano” (1:1) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, bundan ancha yaxshi o‘ynay olamiz. “Rayo” ham fantastik o‘ynadi. Bugun jamoamdan ko‘nglim to‘lmadi, bizda ko‘p to‘p yo‘qotishlar bo‘ldi.

Nazarimda, biz yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi. Xoan Garsiya qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatdi. Shubhasiz, uning seyvlarini ko‘rish juda ajoyib bo‘ldi.

Futbolchilar bilan gaplashdim, ularga yaxshiroq o‘ynashlari kerakligini aytdim. Endi ular o‘z terma jamoalariga ketishadi”, — deya germaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Marca.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting