locale OZ

Flik: Biz ularni qaytarish ustida ishlayapmiz. Lamin masalasiga kelsak, vaziyatga qarab munosabat bildiramiz.

Barselona bosh murabbiyi safdan chiqqan futbolchilar haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik: Biz ularni qaytarish ustida ishlayapmiz. Lamin masalasiga kelsak, vaziyatga qarab munosabat bildiramiz.
Photo: gettyimages

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lamin Yamal va Alexandro Baldening sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.

"Biz ularni qaytarish ustida ishlayapmiz. Lamin masalasiga kelsak, vaziyatga qarab munosabat bildiramiz. Biz biroz kutishimiz kerak, lekin u tirishqoqlik bilan ishlayapti va davolanmoqda. Uning ahvoli yaxshilanmoqda. Baldega kelsak, menimcha, uning qaytishi yaqin", - dedi Flik jurnalistlar bilan suhbatda.

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 5-turi doirasida 21 sentyabr, yakshanba kuni "Barselona" o‘z maydonida "Xetafe"ni qabul qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting