Flik: «Biz mavsumni 100 ochko bilan yakunlashni maqsad qilmoqdamiz»
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga 35-turidan soʻng, Madridning "Real"iga qarshi oʻtgan uchrashuvdan keyin, jamoaning mavsumning qolgan qismi uchun maqsadlari haqida fikr bildirdi. Kataloniyaliklar ushbu bahsda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
"Bizda koʻp jarohatlar boʻldi va koʻplab voqealar yuz berdi. Men ikkinchi yil qiyin boʻladi deb oʻylagandim, biroq biz ajoyib darajada oʻynadik. Gollar koʻp urmadik, ammo himoyada ancha yaxshilanishga erishdik, ayniqsa mavsum oxirida. Shuncha yosh futbolchini maydonda koʻrish — chinakam ajoyib. Bizda uchta oʻyin qoldi va biz 100 ochko toʻplashni xohlaymiz", — deya Flikning soʻzlarini Marca nashri keltiradi.
Ushbu gʻalabadan soʻng "Barselona" La Ligada chempionlikni muddatidan avval taʼminladi. Jamoa 91 ochko bilan turnir jadvalida birinchi oʻrinda. Madridning "Real" klubi esa ikkinchi pogʻonada va ular hisobida 77 ochko bor. Chempionat yakuniga uch tur qoldi.