locale OZ

Flik Alvaresdan voz kechishi mumkin

Xulianga bo‘lgan ehtiyoj avvalgiga qaraganda kamaygan.
Flik Alvaresdan voz kechishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Xulian Alvares jamoaning hujum chizig‘ini jiddiy ravishda kuchaytirishini tushunib turibdi.

Biroq, germaniyalik mutaxassis argentinalik futbolchidan voz kechishga tayyor, chunki u «ko‘k-anorranglilar»ning transfer bozorida muhimroq maqsadi bor, deb hisoblaydi. Flik uchun «ko‘k-anorranglilar» Pau Kubarsi bilan yaxshi tandem hosil qila oladigan markaziy himoyachini sotib olishi muhimroq.

Bundan tashqari, Flik «Barselona» chap qanot himoyachisi Alexandro Baldeni sotishi kerak, deb hisoblaydi. Klub ushbu bitimdan tushgan mablag‘lardan himoya markaziga futbolchi sotib olish uchun foydalanishi mumkin.

Hujum chizig‘iga keladigan bo‘lsak, Rafinyaning o‘yinini va Gabriel Jezusning kelishini hisobga olgan holda, Xulian Alvaresga bo‘lgan ehtiyoj avvalgiga qaraganda kamaygan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting