Firminyo \"MYu\" sobiq ustozi bilan birga ishlashi mumkin
Photo: Getty Images
"Al Ahli" hujumchisi Roberto Firminyo faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi insayder Ekrem Konur.
Ma’lum qilinishicha, braziliyalik forvardga "Beshiktosh" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turkiya klubi 33 yoshli sobiq futbolchisi uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Robertoninig "Al Ahli" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi, biroq futbolchi shu yilning yozida Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin.
Roberto Firminyo 2023 yildan buyon "Al Ahli"da o‘ynab kelmoqda. Hujumchi o‘tgan mavsum jamoa safida 31 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 10 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining narxini 5 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist