locale OZ

\"Fiorentina\" \"Yuventus\" himoyachisini ijaraga olishi mumkin

Tomonlar portugaliyalik futbolchining ijara transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Fiorentina" "Yuventus" himoyachisini ijaraga olishi mumkin
Foto: Getty Images

Italiyaning "Fiorentina" klubi "Yuventus" himoyachisi Joau Mariuni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Insayder Janluka Di Martsioning xabariga ko‘ra, tomonlar portugaliyalik futbolchining ijara transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Kelishuvga keyinchalik sotib olish bandi ham kiritilishi kutilmoqda. Transferning umumiy qiymati taxminan 9 million yevroni tashkil etishi mumkin.

25 yoshli Joau Mariu 2025-yilda "Yuventus" safiga kelib qo‘shilgan, 2026-yilning ikkinchi yarmida esa ijara asosida "Bolonya" safida harakat qilgandi. Ayni paytda u turinliklar bosh murabbiyining asosiy rejalariga kirmayotgani sababli klub uni yana ijaraga berishga tayyor.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting