locale OZ

«Fiorentina» Ranieri bilan shartnomani uzaytirdi

Ranieri 2025-yil yozida Italiya milliy jamoasida debyut qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Fiorentina» Ranieri bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Fiorentina FC

«Fiorentina» o‘zining rasmiy sayti orqali himoyachi Luka Ranieri bilan shartnoma uzaytirilganini ma’lum qildi. Yangi kelishuv 2029-yil yozigacha amal qiladi. Shuningdek, shartnomada uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Luka Ranieri «Fiorentina» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi jamoaning asosiy tarkibida 164 ta bahsda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ranieri 2025-yil yozida Italiya milliy jamoasida debyut qilgan. Biroq shundan buyon 23 yoshli futbolchi milliy jamoaga chaqirilmadi.

Ma’lumot uchun, «Fiorentina» ayni vaqtda Italiya chempionati turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting