«Fiorentina» Piolini ishdan bo‘shatdi — Romano
Jamoa A Seriyada 4 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining so‘ngi pog‘onasida bormoqda.
ФОТО: Getty images
“Fiorentina” klubi bosh murabbiy Stefano Pioli bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoaning qoniqarsiz natijalari sababli u vazifasidan ozod etilgan.
Pioli boshchiligida “Fiorentina” joriy mavsum jami 14 o‘yin o‘tkazib, shulardan to‘rttasida g‘alaba, yana to‘rttasida durang va olti uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi.
Jamoa A Seriyada 4 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining so‘ngi pog‘onasida bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist