Finalissima Madridga ko‘chirilishi mumkin
Tez orada stadion nomi e’lon qilinadi.
ФОТО: Getty images
Dohada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi Finalissimani ham to‘xtatilgandi.
Topskills Sports UK nashri xabar berishicha, bahs Madridning “Santiago Bernabeu” stadioni Finalissima o‘yinini o‘tkazish uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Argentina va Ispaniya futbol federatsiyalari o‘yinni dastlab rejalashtirilgan sanada o‘tkazishga yaqin.
Shuningdek, ushbu o‘yin uchun Mayami (AQSH) stadioni, Londondagi “Tottenham Hotspur”, Parijdagi “Parc des Princes” va “Turin” (Italiya) stadionlari ham nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist