FIFAning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar uchun “Fitnes instruktorlari” o‘quv seminari yakunlandi
Yuliya Tarasova boshchiligida tashkil etilgan seminar davomida murabbiylarga futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan zamonaviy nazariy va amaliy bilimlar taqdim etildi.
photo: UzFHM
FIFAning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar uchun “Fitnes instruktorlari” o‘quv seminari yakunlandi.
Milliy futbol markazida FIFA instruktori Yuliya Tarasova boshchiligida tashkil etilgan seminar davomida murabbiylarga futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan zamonaviy nazariy va amaliy bilimlar taqdim etildi.
6 kun davom etgan o‘quv jarayonida ishtirokchilar fitnes yo‘nalishidagi yangi metodikalar, mashg‘ulotlarni rejalashtirish va futbolchilarning funksional holatini yaxshilash bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor