locale OZ

FIFA va O‘FA mutaxassislari Qashqadaryoda viloyat infratuzilmasini o‘rgandi

Komissiya a’zolari tashrif davomida shahar markazidagi bir qator muhim ob’ektlarni ko‘zdan kechirdilar:
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA va O‘FA mutaxassislari Qashqadaryoda viloyat infratuzilmasini o‘rgandi
Фото: Қашқадарё футбол ассоциацияси

2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorlikda mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U-20) Jahon chempionati nafaqat poytaxt, balki viloyatlarda ham katta futbol shukuhini taqdim etishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, joriy haftada FIFA vakillari hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — jahon birinchiligining guruh bosqichi o‘yinlarini o‘tkazish uchun Qarshi shahrining salohiyatini o‘rganish va munosib nomzod sifatida baholashdir.

Komissiya a’zolari tashrif davomida shahar markazidagi bir qator muhim ob’ektlarni ko‘zdan kechirdilar:

Asosiy va Mashg‘ulot Maydonlari: Qarshidagi "Markaziy" stadioni va unga tutash mashg‘ulot maydonlarining chim holati, yoritish tizimi hamda kiyinish xonalarining xalqaro standartlarga muvofiqligi tekshirildi.

Mehmonxonalar tarmog‘i: Xorijiy jamoalar, rasmiy delegatsiyalar va muxlislarni joylashtirish imkoniyati tahlil qilindi. Mehmonxonalardagi servis darajasi va FIFA talablariga mos keladigan xavfsizlik choralari diqqat markazida bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting