locale OZ

FIFA UEFAni o‘ziga qarshi “tuhmat kampaniyasi” olib borishda aybladi

Mojaro FIFAning FIFA Forward Enterprise (FFE) loyihasi va Jahon chempionati bilan bog‘liq tijoriy huquqlarning bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasi ortidan kelib chiqqan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA UEFAni o‘ziga qarshi “tuhmat kampaniyasi” olib borishda aybladi
Foto: Getty Images

FIFA UEFAni tashkilot va uning prezidenti Janni Infantinoga qarshi obro‘sizlantirish kampaniyasini olib borayotganlikda aybladi. Mojaro FIFAning FIFA Forward Enterprise (FFE) loyihasi va Jahon chempionati bilan bog‘liq tijoriy huquqlarning bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasi ortidan kelib chiqqan.

UEFA AQShning uchta sudiga murojaat qilib, FFE loyihasiga oid hujjatlar va materiallarni olishni talab qilgan. Yevropa futbol tashkiloti Shveytsariyada Infantino va ehtimol FIFAning boshqa mansabdorlariga qarshi jinoiy ish boshlash uchun dalillar to‘plashga tayyorlanayotganini ham bildirgan.

FIFA esa sudga taqdim etgan javobida UEFAning harakatlarini keskin tanqid qildi. Tashkilot fikricha, bu murojaatlar yuridik hujjat ko‘rinishida bo‘lsa-da, amalda FIFA va uning rahbariyatiga qarshi **“tuhmat kampaniyasi”**ni davom ettirishga xizmat qilmoqda. FIFA shuningdek, FFE loyihasi yakuniy qaror emas, balki faqat taklif bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, FFE loyihasi orqali FIFA Jahon chempionati va boshqa musobaqalarning tijoriy daromadlari bilan bog‘liq ulushni xususiy investorlarga sotishni rejalashtirgan edi. Kuchli qarshiliklardan so‘ng loyiha 2026-yil avgustida bekor qilindi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting