locale OZ

FIFA Prezidenti mamlakatimiz mezbonlik qilgan JCHni eslab o‘tdi

O‘zbekiston 2027 yilgi FIFA U-20 jahon chempionati hammezboni sifatida e’lon qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA Prezidenti mamlakatimiz mezbonlik qilgan JCHni eslab o‘tdi
Фото: ЎФА

FIFA Prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida O‘zbekistonni FIFA U-20 Jahon chempionati mezbonligi bilan tabrikladi va 2024 yili mamlakatimizda o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatini eslab o‘tdi.

"O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan FIFA futzal bo‘yicha jahon chempionati finalidagi ishtirokim ajoyib xotiralar qoldirdi. O‘sha musobaqada Braziliya jamoasi tarixda rekord darajada — oltinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi!

Turnirga O‘zbekiston yuqori saviyada mezbonlik qildi — yaqinda esa mamlakat 2027 yilgi FIFA U-20 jahon chempionati hammezboni sifatida e’lon qilindi. Mahalliy muxlislarning o‘yindan olgan zavqi va futbolga bo‘lgan muhabbatini ko‘rib, juda xursand bo‘ldim", — deb yozdi Infantino o‘zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting