locale OZ

FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya 29–30-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi
photo: UFA

FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya 29–30-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

"FIFA delegatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov kutib oldi.

Tashrif doirasida mamlakatimizda futbolni yanada ommalashtirish, uning infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim loyihalar va obyektlar bilan tanishish rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston futbolini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizda futbolni yanada taraqqiy ettirish borasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi",-deb yoziladi UFA rasmiy sahifasida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting