locale OZ

FIFA ofsaydlarni aniqlash uchun yangi texnologiyalarni sinovdan oʻtkazmoqda

Ushbu innovatsiya Qit'alararo kubokda sinovdan oʻtkazildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA ofsaydlarni aniqlash uchun yangi texnologiyalarni sinovdan oʻtkazmoqda
FOTO: Getty Images

FIFA gol urilishidan avval to‘p maydon chegarasidan chiqib ketgan-ketmaganini aniqlash imkonini beruvchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazmoqda.

«Out of Bounds» deb nomlangan ushbu innovatsiya shu oy Qatarda bo‘lib o‘tgan Qit’alararo kubokning uchta uchrashuvida sinovdan o‘tkazilgan bir nechta texnologik yangiliklardan biri bo‘ldi.

Shuningdek, FIFA ofsayd holatlarini ko‘rish chizig‘i orqali aniqlash jarayonini tezroq va yanada tushunarli qilish maqsadida «Real-time 3D Recreation» texnologiyasidan foydalanishni kengaytirdi. Endilikda videoassistent hakam (VAR) va telemuxlislar uchun ikkita virtual tasvir mavjud bo‘lib, ular har ikki darvozabon nuqtayi nazaridan vaziyatni qayta aks ettiradi.

Yangi texnologiyalar FIFA tomonidan Hawk-Eye Innovations kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Hozircha ushbu ishlanmalar milliy chempionatlarda joriy etiladimi yoki yo‘qmi — noma’lum.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting