FIFA JCh–2026ning eng yaxshi hujumkor futbolchilarini ma'lum qildi
FIFA 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchilarini statistik ko‘rsatkichlar asosida aniqladi.
Turnirda ishtirok etgan barcha maydon futbolchilari hujumkor harakatlar, ijodkorlik va himoyaviy harakatlar kabi uchta yo‘nalish bo‘yicha 0 dan 10 ballgacha baholandi.
Hujumkor o‘yinchilar reytingida Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe birinchi o‘rinni egalladi. U hujumdagi harakatlari uchun 9,12 ball oldi. Mbappe jahon chempionatida sakkizta o‘yinda 10 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan edi.
Ikkinchi o‘rinni Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem egalladi. U sakkizta uchrashuvda yettita gol urib, 8,29 ballga loyiq ko‘rildi.
Uchinchi pog‘onadan esa Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi joy oldi. Afsonaviy futbolchi sakkizta o‘yinda sakkizta gol muallifi bo‘lib, 8,06 ball to‘pladi.