FIFA JCH-2026 chiptalarining boshlang‘ich narxini belgiladi
FIFA ma'lumotiga ko‘ra, 2026 yilgi Jahon chempionati chiptalarining ilk savdo bosqichi 10-sentabr kuni boshlanadi va 19-sentabrga qadar davom etadi.
Bu jarayonda faqat Visa kartalari egalari AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan mundial uchrashuvlari uchun chiptalarni oldindan xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Sotuvda dinamik narx belgilash tizimi qo‘llaniladi. Ya'ni, chiptalarning qiymati bozor talabi va muxlislar soniga qarab o‘zgarib boradi. Guruh bosqichidagi o‘yinlar uchun chiptalar eng arzon variant bo‘lsa, turnirning chorak final, yarim final va ayniqsa final bosqichlariga yaqinlashgan sari narxlar ancha yuqorilashi kutilmoqda. Dastlabki sotuvda guruh bosqichi o‘yinlari uchun chiptalar 60 dollardan taklif qilinadi.
FIFA chiptalar va mehmondo‘stlik bo‘yicha direktori Falk Ellerning ta'kidlashicha, birinchi bosqichda 1 millionga yaqin chipta savdoga chiqariladi.