locale OZ

FIFA 2030 yilgi Jahon chempionatini 64 jamoa ishtirokida o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Taklif qilinayotgan formatda mundial ishtirokchilari 16 ta guruhga bo‘linadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA 2030 yilgi Jahon chempionatini 64 jamoa ishtirokida o‘tkazishni rejalashtirmoqda
ФОТО: Getty images

FIFA 2030-yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatini 64 ta terma jamoa ishtirokida tashkil etishga tayyor. Bu haqda Argentinaning Ole nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tashkilot Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi – KONMEBOLning musobaqa ishtirokchilar sonini kengaytirish taklifini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Taklif qilinayotgan formatda mundial ishtirokchilari 16 ta guruhga bo‘linadi. Guruhlarning har biridan 4 tadan jamoa joy oladi. Guruh bosqichidan har guruhdan ikki eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting