FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati ochilish marosimlarini o‘tkazadi
Bu haqda The Athletic xabar berdi.
ФОТО: Getty images
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi Jahon chempionati ochilish marosimlarini turnir o‘tkaziladigan har bir mamlakatda alohida tashkil etishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi The Athletic.
2026 yilgi chempionat AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Har bir stadionda mahalliy yulduzlar sahnaga chiqadi: AQSHda — Katy Perry, Kanadada — Michael Bublé, Meksikada — Mana guruhi.
Final bosqichida 36 ta terma jamoa ishtirok etadi. Jamoalar 12 ta guruhga bo‘lingan, har bir guruhda to‘rtta jamoa harakat qiladi. Pley-off 1/16 finaldan boshlanadi, unga har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa va guruh bosqichining eng yaxshi sakkizta uchinchi o‘rin egasi kiradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist