locale OZ

Fidjital futbol. FC OLYMPIC PHYGITAL jamoasi 3-o‘rinni egalladi

Vakillarimiz chorak finalda Rossiyaning FFK “ROTOR CISS GROUP” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fidjital futbol. FC OLYMPIC PHYGITAL jamoasi 3-o‘rinni egalladi
photo: MOQ

Qozogʻistonda oʻtkazilgan “Kelajak o‘yinlari - 2026” musobaqasining fidjital futbol yo‘nalishida O‘zbekistonning FC OLYMPIC PHYGITAL jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

1-o‘rin - NS Team (Urugvay)
2-o‘rin - Quetzales-Armadillos (Meksika)
3-o‘rin - FC OLYMPIC PHYGITAL (O‘zbekiston)

Vakillarimiz chorak finalda Rossiyaning FFK “ROTOR CISS GROUP” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda esa Urugvayning NS Team jamoasiga qarshi asosiy bahs 1:1 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida 2:3 hisobida imkoniyat boy berildi.

Bronza medali uchun bahsda O‘zbekiston Gvatemalaning Club Holcattes jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting