locale OZ

Fevzi Davletov: «Birinchi taymda vaziyatlardan foydalanganimizda ikkinchi bo‘lim biz uchun yanada oson o‘tardi»

"Surxon" bosh murabbiyi "Sho‘rtan" bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fevzi Davletov: «Birinchi taymda vaziyatlardan foydalanganimizda ikkinchi bo‘lim biz uchun yanada oson o‘tardi»
Фото: Сурхон ПФК

Superliga 28-turidan o‘rin olgan Surxon – Sho‘rtan (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?

— Birinchi taymda yetarli darajada vaziyatlar yaratdik, faqat foydalana olishimiz kerak edi. Shunda ikkinchi bo‘lim biz uchun yanada oson o‘tardi. Tanaffusdan keyin ham barqaror o‘yin namoyish etishga harakat qildik, sabr bilan ohirigacha kutdik. 1:0 hisobida g‘alabaga erishdik va navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Harakat qilishda davom etamiz. O‘ylayman, hammaning kayfiyati yaxshi. O‘yin og‘ir bo‘lishini futbolchilarga aytgandik, chunki "Sho‘rtan" asosiy e’tiborni himoyaga qaratishini bilardik. "Sho‘rtan" bilan o‘yinlar oson bo‘lmayapti deb bemalol ayta olaman.

— Asilbek Jumayev ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi. Bu nima bilan bog‘liq?
— Biz Asilbekni atayin ikkinchi bo‘limga saqlab qo‘ydik. U zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytiradi deb o‘ylagandik va shunday bo‘ldi ham. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Asadbek Karimovning ham harakatlaridan ko‘nglimiz to‘ldi. U kam amaliyotga ega bo‘lmoqda, shu bois maydonda sinab ko‘rishga qaror qildik. Asilbek Jumayev endi olimpia terma jamoamiz safiga yo‘l oladi va 19 noyabr kuni jamoamizga qaytadi

— Mavsum tugashiga oz qoldi. Rustam Turg‘dimurodov juda yaxshi mavsumni o‘tkazyapti, u kelasi yil ham jamoada qoladimi?
— Men uchun bu haqda gapirish qiyin. Chunki jamoamizda muammolar ko‘p va tez orada bartaraf etilsa kerak. Turg‘dimurodov zo‘r futbolchi va menimcha, barcha jamoalar uni xohlashadi. Hammasi yaxshi bo‘lsa, albatta safimizda olib qolamiz.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting