locale OZ

Fevzi Davletov: «Andijonda OCHLda imkoniyatlar albatta bo‘ladi»

"Surxon" ustozi "Andijon"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fevzi Davletov: “Andijonda OCHLda imkoniyatlar albatta bo‘ladi”
Фото: Андижон ПФК

“Surxon” – “Andijon” (4:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Fevzi Davletov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Albatta, mag‘lubiyatli seriyadan keyin futbolchilarimizni ruhiy jihatdan tayyorlashimiz kerak edi. Bundan tashqari, “Andijon”ga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘z uslubimizdan biroz chekinib, raqibga to‘pni topshirib pressing qilishga harakat qildik. “Andijon”ni kuzatgandik, bir-ikkita kichik muammolari bor edi. Shunga qaramay, uslubimizdan biroz chekinib o‘ynadik va yaxshi harakat qildik. Quvonarlisi, jamoamiz ko‘p zarba berdi, ko‘p hujumlar tashkil qildi. Muxlislarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklayman.

- “Andijon” klubi OCHL 2 da qatnashmoqda. Jamoa hozircha 3 ta o‘yinda 3 ta durang o‘ynadi. Klubning imkoniyatini qanday baholaysiz?

- O‘ylaymanki, imkoniyat har doim bo‘ladi. Albatta, kurashish kerak. “Andijon”da uchtalik durang va uchtalasi ham 0:0 bilan yakunlangan. Chetdan ko‘rinib turibdiki, hujum tashkil qilishda balki qandaydir muammolar bordir. Shunga qaramay kurashish kerak va albatta imkoniyatlar bo‘ladi.

- Muhammad-Ali Abdurahmonov, Kamron Yusupov va dublga erishgan Behruz Jumayev haqida fikrlaringiz qanday?

- Shuni aytish kerakki, yoshlarimiz yaxshi potensialga ega. Ular iqtidorli futbolchilar. Bugungi voqea katta qahramonlik emas. Negaki, ularni juda qulay hisob bo‘layotgan paytda maydonga tushirdik. Ha, ular harakat qilishdi, yomon o‘ynamadi. Umumiy holatda jamoamiz 4:0 dan keyin o‘ynamay qoldi. Yoshlarimiz e’tiborimizda. Yanvar va fevral oylarida yoshlarimiz jamoamiz bilan Turkiya yig‘inida ham qatnashib qaytishdi. Jamoa bilan birga Toshkentda edilar va mavsumoldi yig‘inlarida ishtirok etishdi. Shuni aytishim kerak, yoshlar iqtidorli bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z ustida hali ko‘p ishlashlari kerak.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting