locale OZ

Ferstappen: \"Messi va Ronaldudan keyin \"Oltin to‘p\"ga aniq da’vogar yo‘q\"

"Formula-1"ning mashhur poygachisi Messi, Ronaldu va Yamal haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ferstappen: "Messi va Ronaldudan keyin "Oltin to‘p"ga aniq da’vogar yo‘q"
Photo: gettyimages

"Formula-1"ning mashhur poygachisi Maks Ferstappen Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning "Barselona" klubi 18 yoshli vingeri Lamin Yamalning o‘yin darajasi haqida fikr bildirdi.

"Yamalning bu yoshda qanchalik ajoyib o‘yin ko‘rsatayotganiga aql bovar qilmaydi. Messi va Ronaldudan keyin "Oltin to‘p"ga aniq da’vogar yo‘q. Boshqalardan ancha zo‘r futbolchini aytolmayman. Ammo aminmanki, Lamin bu sovrinni yaqin yillarda qo‘lga kiritadi," - deya mashhur poygachining so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 18 yoshli Yamal "ko‘k-anorranglilar" safida uchta o‘yin o‘tkazdi. Vinger ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting