locale OZ

Ferrari iyun oyidayoq 2027 yilgi avtomobilini ishlab chiqarishga oʻtishi mumkin

Formula-1'ning may oyidagi bosqichlari Ferrari SF-26 bolidining kelgusi taqdirini hal qilib beradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ferrari iyun oyidayoq 2027 yilgi avtomobilini ishlab chiqarishga oʻtishi mumkin
FOTO: Getty Images

Formula-1'ning may oyidagi bosqichlari «Ferrari» SF-26 bolidining kelgusi taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, deb xabar bermoqda Italiyaning Autoracer nashri.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Ferrari» yetakchidan 4 foizli ortda qolish koeffitsiyenti bilan kuch qurilmasini takomillashtirish (ADUO) uchun deyarli aniq qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, Maranelloda iyun oyidayoq 679 indeksiga ega bo‘lgan 2027 yilgi model ustida aerodinamik quvurda to‘liq ko‘lamli ishlarni boshlash rejalashtirilgan.

Mavsumning dastlabki uchta bosqichidan so‘ng Italiya jamoasi Konstruktorlar kubogi jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Skuderiya» uchuvchilari — monegasklik Sharl Lekler va britaniyalik Lyuis Hemilton shaxsiy hisobda mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalardan joy olishgan. Ularning hisobida 49 va 41 ochko mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting