locale OZ

Ferran Torres: “Xet-trik qayd etishimni kutmagandim”

26 yoshli futbolchi yozda “Barselona”dan PSJ safiga o‘tgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ferran Torres: “Xet-trik qayd etishimni kutmagandim”
Foto: Getty Images

PSJ hujumchisi Ferran Torres Chempionlar ligasining “Slovan Bratislava”ga qarshi uchrashuvidagi xet-trigidan so‘ng fikr bildirdi. Parijliklar bahsda 6:1 hisobida g‘alaba qozondi, ispaniyalik futbolchi esa uchta gol urdi.

Torres raqib darvozasini 31, 47 va 57-daqiqalarda ishg‘ol qildi. PSJning yana ikki goliga Usmon Dembele, yana biriga esa Fabian Ruis mualliflik qildi.

“Xet-trik qayd etishimni kutmagandim. Biz yuqori intensivlikda harakat qilishimiz va kerakli vaziyatlarda pressing qo‘llashimiz kerak edi. Jamoa juda yaxshi o‘ynadi. Bunday jamoadoshlar bilan o‘ynash juda oson, men esa bundan zavq olishga harakat qilyapman”, — dedi Torres.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi yozda “Barselona”dan PSJ safiga o‘tgan. Torres yangi jamoasi safida dastlabki 4 uchrashuvda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting