locale OZ

Ferran Torres «PSJ» bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Bu haqda Ispaniyaning El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ferran Torres «PSJ» bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres «PSJ» klubini tanladi va parijliklar bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Bu haqda Ispaniyaning El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Bugun, juma kunining o‘zidayoq futbolchi bu kabi kelishuvlar oldidan o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik singari rasmiy jarayonlardan o‘tish uchun Parijga yetib keladi.

Eslatib o‘tamiz, Ferran Torres Yevropaning eng yaxshi klubida to‘p suradi — ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasida zafar quchgan parijliklar ayni damda shunday maqomga ega.

Ferran Torres sobiq jamoasi «Barselona» tarkibida umumiy hisobda 207 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting