locale OZ

Ferran Torres Pedrini «PSJ»ga chaqirmoqda

Ikki futbolchi maydondan tashqarida ham juda yaqin doʻst ekani taʼkidlangan.
Ferran Torres Pedrini «PSJ»ga chaqirmoqda
ФОТО: Getty images

«PSJ» hujumchisi Ferran Torres sobiq jamoadoshi, «Barselona» yarim himoyachisi Pedrini Fransiya chempionatiga koʻchib oʻtishga undamoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga koʻra, Torres Pedrini «PSJ» safiga qoʻshilishga koʻndirishga harakat qilmoqda. Ikki futbolchi maydondan tashqarida ham juda yaqin doʻst ekani taʼkidlangan. Avvalroq Torres «Barselona»dan ketganidan keyin Pedrini sogʻinayotganini aytgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Torres yozgi transferlar oynasida «Barselona»dan «PSJ»ga koʻchib oʻtgan. U Parij klubi tarkibida barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuv oʻtkazib, 7 ta gol urdi.

Pedri esa joriy mavsumda «Barselona» safida 8 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi. Transfermarkt 23 yoshli futbolchining bozor qiymatini 150 million yevro deb baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting