locale OZ

Fernandinho futbolchilik faoliyatini yakunladi

Fernandinho "Manchester Siti", "Shaxtyor", "Atletiko Paranaense" va Braziliya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fernandinho futbolchilik faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi Fernandinho professional faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

“Charchadim. Bugun (xayriya o‘yinida) 30 daqiqa yugurib, charchab qoldim. Futbolda meni boshqa hech narsa ilhomlantirmaydi, men allaqachon ko‘p narsaga erishdim.

Qo‘limdan kelgancha rohatlandim. Endi oila davrasida vaqt o‘tkazish vaqti keldi," - dedi 40 yoshli braziliyalik.

Fernandinho "Manchester Siti", "Shaxtyor", "Atletiko Paranaense" va Braziliya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan.

Bu vaqt davomida u besh marta Angliya chempioni, olti marta Ukraina chempioni bo‘lgan. "Shaxtyor" tarkibida himoyachi UEFA kubogini (hozirgi Yevropa Ligasi) qo‘lga kiritdi, "Man Siti" bilan Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. Braziliyalik futbolchi terma jamoa bilan Amerika Kubogini qo‘lga kiritdi.

Fernandinho 2024 yilning dekabridan beri klubsiz edi, o‘shanda u "Atletiko Paranaense"da o‘ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting