locale OZ

Fernandesh yozgi transferlar vaqtida «MYU»ni tark etishi mumkin

Portugaliyalik futbolchi klub ichidagi tartibsizliklardan charchagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fernandesh yozgi transferlar vaqtida «MYU»ni tark etishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» futbolchilari jamoa sardori va yarimhimoyachisi Bruno Fernandesh klub ichidagi tartibsizliklardan charchaganini va kelasi yozda jamoani tark etishga tayyor ekanini taxmin qilmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining jamoadoshlari uning pozitsiyasini tushunish bilan qabul qilmoqda. Ularning fikricha, Fernandesh 2020 yilda «qizil iblislar» safiga kelganidan buyon doim bor kuchini sarflab o‘ynagan va jamoaning eng barqaror hamda yetakchi futbolchisi bo‘lib kelgan. Shu bilan birga, Bruno klubdagi yangi egalik modeli sabab o‘zini aldangandek his qilmoqda. Ruben Amorimning ishdan bo‘shatilishi ham futbolchining «Old Trafford»da qolish istagini kuchaytirmagan.

Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» safida barcha musobaqalarda 309 ta o‘yinda maydonga tushib, 103 ta gol va 94 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting