Fernandesh: «Keyn «Bavariya»ga oʻtishga qaror qildi va bu toʻgʻri tanlov boʻldi»
«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi va sardori Brunu Fernandesh hujumchi Harri Keynning «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tish qarori borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Agar u «Tottenhem»da yana bir-ikki mavsum qolganida, Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan bo‘lardi. U afsonaga aylanarmidi? Albatta.
U «Bavariya»ga o‘tishga qaror qildi va bu to‘g‘ri tanlov bo‘ldi, chunki u yerda sovrinlar yutish uchun katta imkoniyat borligini biladi. Endi biz «Tottenhem»dagidek ko‘p gol urayotgan, ammo sovrinlar yutayotgani evaziga «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan Harri Keyn haqida gapiryapmiz», — deya Fernandeshning so‘zlarini keltirmoqda The Times.
Ma’lumot uchun, Keyn 2023 yilning yozidan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 49 ta gol va 5 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.