Fernandesh «Al-Ittihod» bilan muzokara o'tkazdi
Фото: Getty Images
“Manchester United” sardori Bruno Fernandesh Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi bilan yashirin uchrashuv o'tkazdi.
Transfer News Live xabar berishicha, 30 yoshli portugaliyalik futbolchi o'zining moliyaviy talablarini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, futbolchi Saudiya klubida yiliga 33 million yevro atrofida maosh olishni rejalashtirgan. Dastlabki aloqa ijobiy bo'lgani aytilmoqda. "Al-Ittihod" Fernandeshni qo'lga kiritishni istamoqda va endi ular kelishuvga erishganiga ishonchlari komil.
Avvalroq u “Al-Hilol”dan tushgan taklifni rad etgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist