Fernandes \"Al Hilol\"ga o'tsa haftasiga yetti yuz ming funt maosh oladi
Photo: gettyimages
“Manchester Yunayted” Yarim himoyachi Brunu Fernandesh “qizil iblislar“ni tark etishga tayyor. Unga Saudiya Arabistonning “Al Hilol“ jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiya jamoasi portugaliyalik futbolchiga haftasiga 700 ming funt to'lashga tayyor. “Al Hilol“ rahbariyati 30 yoshli superyulduzni o'ylab olish uchun 72 soat vaqt berishgan. Agar MYU sardori rozilik bersa, Saudiya jamoasi transfer summasi bo'yicha muzokara olib boradi.
Brunu Fernandesh joriy mavsum 56 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 tadan gol va golli uzatma bor.
Ibrohim Jalolov
Redaktor