locale OZ

Fermin Lopes «MYU»ga o‘tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fermin Lopes «MYU»ga o‘tishi mumkin
Photo: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Fermin Lopes faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" 22 yoshli yarim himoyachining transferi uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor. Futbolchining o‘zi esa ikki baravar oshirilgan maosh olishga rozi ekanligini ma’lum qilgan.

22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va yana 10 ta golga assist bo‘lgan. Transfermarkt futbolchini 50 million yevroga baholagan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting