«Fenerbahche» Leau uchun kurashga qo‘shildi
Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
"Milan" vingeri Rafael Leau shu yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Portugaliyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Fenerbahche" qiziqish bildirmoqda.
Turkiya klubi Leauni transfer qilish uchun kurashga qo‘shilgan. Biroq transferga uning yuqori maoshi to‘sqinlik qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Rafael 2019 yilda "Lill"dan "Milan"ga 49 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Ushbu mavsum futbolchi "rossoneri" safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist