locale OZ

\"Fenerbahche\" Asensio uchun katta maosh taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Fenerbahche" Asensio uchun katta maosh taklif qildi
Photo: Getty Images

“PSJ” yarim himoyachisi Marko Asensio faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Yagiz Sabunog‘li.

Manbaga ko‘ra, “Fenerbahche” 29 yoshli futbolchiga katta qiziqish bildirmoqda.

Turkiya klubi Asensioni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va unga yiliga 9 million yevro maosh taklif qilgan.

Biroq Asensio bu taklifni rad etdi va maoshini oshirishni so‘radi. Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Asensio o‘tgan mavsum 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting