Farg'onaning Neftchi klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni so'nggi bosqichini ham xorijda davom ettirishni maqul ko'rdi
Farg'onaning Neftchi klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni so'nggi bosqichini ham xorijda davom ettirishni maqul ko'rdi.
"Jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini rejalariga ayrim o‘zgarishlar kiritildi. Avvalgi reja bo‘yicha “Neftchi” 11-fevral kuni Antaliyadagi yig‘inni yakunlab, Farg‘onaga qaytishi ko‘zda tutilgan edi.
Biroq klub rahbariyati hamda murabbiylar shtabi o‘zaro maslahatlashgan holda jamoa tayyorgarligini yanada mukammallashtirish maqsadida yig‘inning uchinchi bosqichini ham Antaliyada davom ettirishga qaror qildi.
Yangilangan reja asosida jamoamiz 18-fevral kuni Toshkentga qaytadi. Shu kunning o‘zida futbolchilar belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi hamda yangi mavsum oldidan yakuniy tayyorgarlik jarayonlariga start beriladi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.