locale OZ

Farg‘onada hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.

Yig‘in davomida hakamlarning jismoniy tayyorgarligi ham mustahkamlanmoqda. Maydondagi harakatlanish va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini oshirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg‘onada hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.
photo: UzFHM

Superligaga nomzod bo‘lgan, Proligada faoliyat olib borayotgan bosh va yordamchi hakamlar Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Yig‘in jarayonida hakamlar “Hokim kubogi” musobaqasi uchrashuvlarini boshqarib, real o‘yin sharoitida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda. Maydondagi har bir vaziyat bo‘yicha to‘g‘ri pozitsiya tanlash, intizomiy choralarni qo‘llash va o‘yinni nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, VAR xonasida o‘yin epizodlari zamonaviy texnologiyalar yordamida tahlil qilinib, mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish va amaliy tavsiyalar berilmoqda. Bahsli vaziyatlar atroflicha muhokama qilinib, yagona qaror qabul qilish mezonlari ustida ishlanmoqda.

Yig‘in davomida hakamlarning jismoniy tayyorgarligi ham mustahkamlanmoqda. Maydondagi harakatlanish va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini oshirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting