locale OZ

Farg‘ona davlat universiteti stadioni Pro liga bahsiga mezbonlik qiladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg‘ona davlat universiteti stadioni Pro liga bahsiga mezbonlik qiladi
Photo: UzPFL

O‘z tarixida ilk bor Pro liga musobaqasida ishtirok etayotgan "FarDU" mavsum boshidan buyon Farg‘ona davlat universitetiga qarashli stadionda ta’mirlash ishlarini olib bordi.

"Ayni vaqtda o‘yingoh Pro liga doirasidagi bellashuvlarni qabul qilishga tayyor.

Iyul oyining so‘nggi 10 kunligida Liga mutaxassislari navbatdagi bor Farg‘onada bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Endilikda o‘yingohni rasmiy uchrashuvlarga tayyorlash jarayoni boshlandi.

Pro liga 12-turida "FarDU" Farg‘onada "Lokomotiv" klubini qabul qilishi lozim. Mazkur bellashuv Farg‘ona davlat universitetida o‘tkaziladi. Endilikda universitet talabalari va personalı o‘z sevimli jamoasi ishtirokidagi uy o‘yinlarini universitet maydonida kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi", – deyiladi PFL xabarida.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting