locale OZ

Farer orollari ajoyib ko‘rsatkichga ega bo‘lishdi

Orolliklar uch o‘yinda g‘alaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farer orollari ajoyib ko‘rsatkichga ega bo‘lishdi
ФОТО: Getty images

Farer orollari jahon chempionati saralashi yakuniga bir tur qolganida mundialga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi.

Terma jamoa JCH-2026 saralash bosqichi 8-turida kutilmaganda Chexiyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu — Farer orollarining qatorasiga uchinchi g‘alabasi. Bunday natija jamoa tarixida hali bo‘lmagan. Avvalgi turlarda Gibraltar (1:0) va Chernogoriya (4:0) mag‘lub etilgan edi.

So‘nggi turda Farer Xorvatiya mehmoni bo‘ladi. Bu o‘yinda g‘alaba qozonsa, Chexiyaning ochko yo‘qotishini kutadi. Shu orqali JCH yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettira oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting